Tago · O‘zbekiston

Sayr uchun joy toping. Yo‘lingizni yozib boring.

Tog‘ treklari va shahar manzaralari: masofa, taxminiy vaqt, qiyinlik va yaqinda borganlarning hisobotlari. Yo‘lni yozish Tago ilovasida.

Krasotka cho‘qqisi (Ispay tomondan)
Krasotka cho‘qqisi (Ispay tomondan) · Marat Nadjibaev · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Qanday ishlaydi

Saytda tanlaysiz, tog‘da ilova bilan yurasiz

  1. 01

    Joyni tanlang

    Trek yoki manzarani masofa, qiyinlik va sayrchilar hisobotlari bo‘yicha saytda tanlang.

    Saytda
  2. 02

    Telefonga saqlang

    Tago ilovasida bitta tugma: trek va xarita telefonda qoladi, internet kerak emas.

    Ilovada
  3. 03

    Tog‘da yo‘lni ko‘ring

    Qayerdaligingiz va trek chizig‘i xaritada. Adashib qolmaysiz.

    Ilovada
  4. 04

    Yo‘lingizni yozing

    Masofa, vaqt va balandlik yoziladi. Qaytgach hisobot va rasm qoldirasiz.

    Ilovada

Qayerga borish

Tanlangan treklar

Tahririyat tanlagan, surati bor treklar. Qolganlari filtrlar bilan treklar sahifasida.

Barcha treklar (199)

Joy turlari

Tog‘ga nima uchun borasiz?

Har turda nechta trek borligi. Bosing — o‘sha turdagi treklar ochiladi.

Ilova ichidan

Tog‘da kerak bo‘ladigan hamma narsa telefoningizda

Ilovaning haqiqiy ekranlari.

Qayerga borishni tanlang — Ilovaning haqiqiy ekranlari.Trekni oldindan ko‘ring — Ilovaning haqiqiy ekranlari.Internetsiz yoziladi — Ilovaning haqiqiy ekranlari.Yaqin atrofdagi manzaralar — Ilovaning haqiqiy ekranlari.Cho‘qqidagi ob-havo — Ilovaning haqiqiy ekranlari.
  1. 01

    Qayerga borishni tanlang

    Cho‘qqi, sharshara, ko‘l va daralarga treklar. Qiyinlik va vaqt bo‘yicha saralaysiz.

  2. 02

    Trekni oldindan ko‘ring

    Yo‘l 3D xaritada: qayerdan boshlanadi, qayerga olib boradi. Tayyor bo‘lsangiz, bitta tugma bilan yozishni boshlaysiz.

  3. 03

    Internetsiz yoziladi

    Piyoda, yugurish, tog‘ yoki velosiped. Ekran o‘chiq bo‘lsa ham, internet bo‘lmasa ham yo‘lingiz yoziladi.

  4. 04

    Yaqin atrofdagi manzaralar

    Shahar ichida va yaqinidagi chiroyli joylar. Har hafta haftaning manzarasi tanlanadi.

  5. 05

    Cho‘qqidagi ob-havo

    Soatma-soat va 14 kunlik prognoz. Sovuq yoki yomg‘ir bo‘lsa, oldindan ogohlantiradi.

Manzaralar

Chiroyli ko‘rinish joylari

Shahar ichida va yaqinida: quyosh botishi, panorama va rasm uchun joylar.

Barcha manzaralar

Guruh sayri

Gid bilan birinchi guruh sayri

Noyabrda dam olish kunlaridan birida tajribali gid bilan oson trekka guruh bo‘lib chiqamiz. Yangi boshlovchilar ham bemalol. Borishni xohlasangiz, “Boraman”ni bosing: yetarli odam yig‘ilsa, sana, joy va narxni kanalda e’lon qilamiz.

Dam olish kuni uchun

Shu hafta qayerga borish mumkin

Barcha treklar
TrekMasofaKo‘tarilishVaqtQiyinlik
Kichik Chimyon (yo‘ldan)3.2 km+512 m~2 soatO‘rta
Badak darasi – ko‘l4.6 km+157 m~2 soatO‘rta
Kulasya soyi1.9 km+406 m~2 soatO‘rta

Ob-havo

Dam olish kuni cho‘qqida

21.11.2026 · eng baland nuqtadagi ob-havo, 7 kun ustunlarda

Hisobotlar

So‘nggi hisobotlar

Yo‘l holati, qor va suv. Har kartada safar sanasi: eski safar bugungi holat degani emas.

Barchasi

Sayrchilar

Tog‘dan qaytganlar olgan rasmlar

Fotogalereya

Hisobot yozing

Tog‘dan qaytdingizmi?

2 daqiqalik hisobotingiz keyingi sayrchiga yordam beradi. Hisobot, rasm va manzara uchun sahifangizda ball to‘planadi.

  1. 01Telegram yoki Google orqali kiring
  2. 02Holat, baho va rasm qo‘shing
  3. 03Tekshiruvdan so‘ng hammaga ko‘rinadi

Bo‘limlar

Chiqishdan oldin va qaytgach kerak bo‘ladiganlar.

Xavfsizlik

Chiqishdan oldin

Marshrutni yaqiningizga ayting, ob-havoni tekshiring, qaytish vaqtini belgilang.

Savollar

Ilova haqida ko‘p so‘raladi

Javob topmadingizmi? Telegramda yozing, odam javob beradi.

@tago_support
Ilova pullikmi?

Yo‘q, Tago ilovasi bepul. iPhone uchun App Store’da, Android uchun Google Play’da.

Tog‘da internet bo‘lmasa ishlaydimi?

Ha. Trek va uning xaritasini oldindan telefonga saqlab qo‘ysangiz, tog‘da xarita ochiladi, qayerdaligingiz ko‘rinadi va yo‘l yoziladi. Telefon joylashuvni internetsiz ham aniqlaydi.

Sayt bor-ku, ilova nega kerak?

Saytda trek va manzaralarni qulay o‘qiysiz, reja tuzasiz. Tog‘da esa aloqa yo‘q: xarita, yo‘l ko‘rsatish va yo‘lni yozish ilovada ishlaydi.

Saytdagi hisobim ilovada ham bo‘ladimi?

Ha. Saytda qaysi usul bilan kirgan bo‘lsangiz, ilovada ham shu usul bilan kiring: hisobotlar, rasmlar va ballaringiz bir joyda.

Ilovada nimalar bor?

Treklar va manzaralar, internetsiz xarita, yo‘lni yozish, cho‘qqidagi ob-havo, sayrchilar hisobotlari, klublar va chellenjlar.

Tago ilovasi

Tog‘ga chiqishdan oldin ilovani o‘rnating

Bepul. iPhone va Android uchun. O‘zbek va rus tilida.

  • Internetsiz xarita: trekni oldindan telefonga saqlang
  • Yo‘lingizni yozib boring: masofa, vaqt, balandlik
  • Ob-havo va sayrchilar hisobotlari bir joyda
tago.uz/app