Tago / Foydalanish shartlari
Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 24.10.2026
Tago.uz — tog‘ treklari, manzarali joylar, ob-havo va sayrchilar tajribasi haqidagi bepul axborot xizmati. Saytdan yoki Tago ilovasidan foydalanib, siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.
1. Xavfsizlik va javobgarlik
- Saytdagi ma’lumotlar (marshrut, masofa, vaqt, qiyinlik, ob-havo, yo‘l va so‘qmoq holati) faqat tavsiya xarakterida. Ular noto‘g‘ri yoki eskirgan bo‘lishi mumkin.
- Treklar va hisobotlar foydalanuvchilar hamda ochiq manbalardan olingan. Sayt ularning to‘liqligi va aniqligini kafolatlamaydi.
- Tog‘ sayri xavfli faoliyat. Har kim o‘z sog‘lig‘i, tayyorgarligi, jihozlari va ob-havoni mustaqil baholaydi va o‘z javobgarligi ostida yo‘lga chiqadi.
- Qonunda boshqacha belgilanmagan hollarda Sayt ma’muriyati Saytdagi ma’lumotlardan foydalanish natijasida yuz bergan jarohat, adashish yoki boshqa zarar uchun javobgar emas.
- Chegara hududlari, qo‘riqxona va milliy bog‘larga kirish uchun ruxsatnomalarni o‘zingiz tekshiring. Favqulodda holatda 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
2. Siz joylagan narsalar
- Siz joylagan rasm va matnlar sizniki bo‘lib qoladi. Faqat o‘zingiz olgan rasmlarni joylang.
- Odamlar aniq ko‘rinadigan rasmni ularning roziligisiz joylamang. Bolalarning yuzi ko‘rinadigan rasm uchun ota-onasining roziligi kerak. Bunday rasm so‘rov bo‘yicha o‘chiriladi.
- Joylash orqali siz Saytga ularni Saytda, ilovada, loyihaning Telegram kanali va ijtimoiy tarmoqlarida muallif ismingiz bilan bepul ko‘rsatish huquqini berasiz. Bu huquq eksklyuziv emas.
- Narsalaringizni yoki hisobingizni o‘chirsangiz, ular Saytdan olib tashlanadi. Telegram kanalidagi postlar so‘rovingiz bo‘yicha o‘chiriladi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.
3. Taqiqlangan narsalar
- Yolg‘on yoki odamlarni xavfga qo‘yadigan ma’lumot joylash.
- Boshqalarning rasmi yoki matnini ruxsatsiz joylash, boshqa odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish.
- Haqorat, kamsitish, spam va ruxsatsiz reklama.
- Harbiy, chegara va boshqa suratga olish taqiqlangan obyektlarning rasmlari hamda qonunga zid har qanday narsa.
4. Moderatsiya, shikoyat va bloklash
- Hisobotlar, manzaralar va trekni “Treklar”ga qo‘shish taklifi admin tasdiqlagandan keyin ko‘rinadi.
- Rasm postlari, manzaralarga sharhlar, profil rasmi va profilga joylangan treklar darhol chiqadi va oldindan tekshirilmaydi.
- Post, sharh, hisobot, manzara, trek yoki profil ustidan shikoyat qilish mumkin: nomaqbul, spam, rasm boshqa odamniki, roziligisiz joylangan rasm yoki shaxsiy ma’lumot, joy noto‘g‘ri yoki boshqa sabab. Admin xabar oladi va ko‘rib chiqadi. 3 ta shikoyat tushgan post admin ko‘rmaguncha avtomatik yashiriladi.
- Boshqa foydalanuvchini bloklashingiz mumkin: uning postlari, sharhlari va hisobotlari sizga ko‘rsatilmaydi, o‘rtangizdagi obunalar bekor qilinadi.
- Admin qoidalarga zid narsani rad etishi yoki o‘chirishi, qoidani buzgan hisobni bloklashi yoki o‘chirishi mumkin.
5. Boshqa shartlar
- Hamkorlarning pullik joylashtirishlari “Hamkor” deb belgilanadi.
- Ochiq litsenziyali rasmlarning muallifi rasm ostida yoziladi. To‘liq ro‘yxat va litsenziyalar pastdagi “Rasm manbalari” sahifasida.
- Sayt va ilova sinov rejimida ishlaydi, ularning imkoniyatlari o‘zgarishi mumkin.
- Shartlar o‘zgarsa, yangi sanasi shu yerda ko‘rsatiladi. Nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Aloqa
Savollar, ma’lumotlarni tuzatish yoki o‘chirish bo‘yicha so‘rovlar uchun Telegram orqali yozing: @r_omonulloh
Maxfiylik siyosati · Foydalanish shartlari · Savollar · Hisobni o‘chirish · Tog‘da xavfsizlik · Rasm manbalari