Tago / Ko‘p beriladigan savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Tago nima?

O‘zbekiston tog‘ treklari, chiroyli manzaralar va sayrchilar hisobotlari bir joyda. Sayt va telefon ilovasi bor, ikkalasida bitta hisob ishlaydi.

Tago pullikmi?

Yo‘q, bepul. Ko‘rish uchun kirish shart emas. Hisobot, manzara yoki rasm qo‘shish uchun Telegram yoki Google orqali kiring.

Hisobot yoki manzarani qanday qo‘shaman?

Trek sahifasida “Hisobot yozish”ni yoki menyuda “Manzara qo‘shish”ni bosing. Ilovada ham shu tugmalar bor.

Joylaganim nega hali ko‘rinmayapti?

Hisobot, manzara va trekni “Treklar”ga qo‘shish taklifini avval admin ko‘rib chiqadi. Tasdiqlangach, hammaga ko‘rinadi. Rasm postlari va sharhlar darhol chiqadi.

Trekni qanday yozaman? Ekran o‘chsa ham yozadimi?

Ilovada pastdagi “Yozish” → faoliyat turini tanlang → “Boshlash”. Ekran o‘chiq bo‘lsa ham yozish davom etadi, bu paytda telefonda bildirishnoma turadi. Trek telefonda saqlanadi va o‘zingiz joylamaguningizcha hech kimga ko‘rinmaydi.

Xarita internetsiz ishlaydimi?

Ha. Ilovada “Sozlamalar” → “Oflayn xaritalar”dan kerakli hududni internet bor joyda yuklab oling. Tog‘da xarita va GPS internetsiz ishlaydi.

Telefon raqamim va joylashuvimni kim ko‘radi?

Telefon raqam faqat o‘zingiz yoqsangiz va faqat Tago’ga kirgan odamlarga ko‘rinadi. Joylashuvingiz hech kimga ko‘rsatilmaydi: faqat o‘zingiz joylagan trek yoki manzaraning joyi ko‘rinadi.

Qanday shikoyat qilaman yoki odamni bloklayman?

Ilovada post, sharh, hisobot, manzara, trek yoki profil menyusidan shikoyat qiling yoki bloklang. Saytda manzara sahifasida “Xato bor” tugmasi bor. Admin har bir shikoyatni ko‘rib chiqadi. Bloklagan odamingizning narsalari sizga ko‘rinmaydi.

Bitta rasm yoki postni qanday o‘chiraman?

Postingiz yoki trekingizni oching va o‘chirish tugmasini bosing. Sharh va profil rasmini ham o‘zingiz o‘chirasiz. Hisobot yoki manzarani o‘chirish uchun bizga Telegram’da yozing.

Hisobimni qanday o‘chiraman?

Ilovada: “Profil” → “Sozlamalar” → “Ma’lumotlarim” → “Profilni boshqarish” → “Profilni o‘chirish”. Saytda: “Mening sahifam” → “Tahrirlash” → “Ma’lumotlarimni o‘chirish”. Ilovasiz ham bo‘ladi: bizga Telegram’da yozing.

Hisobni va ma’lumotlarni o‘chirish

Hisobni o‘chirgandan keyin nima qoladi?

Hisob va joylagan hamma narsangiz darhol o‘chadi. Yurishingizdan yasalgan trek “Treklar”da ismingizsiz qoladi. Telegram kanalimizdagi postlar so‘rasangiz o‘chiriladi. Telefondagi yozuvlar va xaritalar o‘zingiz o‘chirguningizcha qoladi.

Yuborilmagan rasm nima bo‘ladi?

Rasm yuklansa-yu, hisobot, manzara yoki post yuborilmasa, u 7 kundan keyin avtomatik o‘chiriladi. Admin rad etgan yoki olib tashlagan manzaraning rasmlari 30 kundan keyin o‘chiriladi.

O‘chirilgan rasm qancha vaqt ko‘rinishi mumkin?

Saytda darhol ko‘rinmay qoladi. Uni avval ochgan odamning brauzerida 7 kungacha, boshqalarning ilovasida xotira tozalanguncha qolishi mumkin. Fayl odatda bir necha daqiqada, ko‘pi bilan bir kunda o‘chadi.

Ma’lumotlarim qayerda saqlanadi?

Cloudflare, Inc. (AQSh) serverlarida. Cloudflare EU-U.S. Data Privacy Framework ishtirokchisi. Ma’lumotlar sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi.

Maxfiylik siyosati

Bolalar foydalansa bo‘ladimi?

Tago 13 yoshdan katta odamlar uchun. Kichiklar ota-onasi roziligi bilan foydalanadi. Bolaning yuzi ko‘rinadigan rasmni ota-onasining roziligisiz joylamang.

Aloqa

Savollar, ma’lumotlarni tuzatish yoki o‘chirish bo‘yicha so‘rovlar uchun Telegram orqali yozing: @r_omonulloh