Tago / Hisobni va ma’lumotlarni o‘chirish

Hisobni va ma’lumotlarni o‘chirish

Ilovada

  • “Profil” bo‘limini oching va “Sozlamalar” belgisini bosing.
  • “Ma’lumotlarim” → “Profilni boshqarish” → “Profilni o‘chirish”.
  • “Ha, butunlay o‘chirish”ni bosing.

Saytda

  • tago.uz/sayrchi/men sahifasini oching (menyuda “Mening sahifam”).
  • “Tahrirlash”ni bosing va oyna pastidagi “Ma’lumotlarimni o‘chirish”ni tanlang.
  • “Ha, butunlay o‘chirish”ni bosing.

Ilovasiz yoki kira olmasangiz

  • Pastdagi Telegram manziliga yozing: ismingiz, profil havolangiz yoki qaysi yo‘l bilan kirganingizni (Telegram, Google yoki Apple) ayting.
  • Hisob sizniki ekanini tekshirib, uni o‘chiramiz va sizga javob yozamiz.

Nima o‘chiriladi

  • Hisobingiz va profil ma’lumotlari: ism, rasm, shahar, telefon, tug‘ilgan yil, jins va sozlamalar.
  • Hisobotlar, manzaralar, postlar, sharhlar, treklar va ulardagi hamma rasmlar.
  • Obunalar, like va “Hurmat” belgilari, “Men ham bordim” belgilari, shikoyatlar, bloklar, bildirishnomalar, bildirishnoma manzillari va kirish kalitlari.
  • Siz ochgan klublar (a’zolari va lentasi bilan), klub a’zoliklaringiz, klubga ulashganlaringiz, chellenj natijalari va nishonlaringiz.
  • Bazadan hammasi darhol o‘chadi. Rasm fayllari odatda bir necha daqiqada, ko‘pi bilan taxminan bir kunda o‘chadi.

Nima qoladi va qancha

  • Yurishingizdan yasalgan trek “Treklar”da qoladi, lekin ismingiz olib tashlanadi (“Tago sayyohi” deb ko‘rsatiladi). “Oy sayrchisi” o‘rinlari ham ismsiz qoladi.
  • O‘chirilgan rasm Saytda darhol ko‘rinmay qoladi. Uni avval ochgan odamning brauzerida 7 kungacha, boshqalarning ilovasida esa xotira tozalanguncha nusxa qolishi mumkin.
  • Telegram kanalimizdagi (@tago_uz) siz haqingizdagi postlar avtomatik o‘chmaydi. Yozsangiz, o‘chiramiz.
  • Xatolar haqida adminga borgan xabarlar admin Telegram chatida qoladi. So‘rasangiz, o‘chiramiz.
  • Texnik tiklash nusxalarida ma’lumotlar qisqa muddat (30 kungacha) qolishi mumkin. Ular ochiq ko‘rsatilmaydi va muddati o‘tgach o‘chadi.
  • Telefoningizdagi yozilgan treklar, oflayn xaritalar va saralangan treklar o‘zingiz o‘chirguningizcha yoki ilovani o‘chirguningizcha qoladi.
  • Shaxsga bog‘lanmagan tashriflar soni saqlanib qoladi.

Faqat bir qismini o‘chirish

  • Hisobni qoldirib, alohida narsani o‘chirishingiz mumkin: post, trek, sharh va profil rasmini o‘zingiz o‘chirasiz.
  • Hisobot yoki manzarani o‘chirish uchun bizga yozing.

Aloqa

Savollar, ma’lumotlarni tuzatish yoki o‘chirish bo‘yicha so‘rovlar uchun Telegram orqali yozing: @r_omonulloh